Iroqlik rassom vatanidagi muammolarni kollaj yordamida aks ettirmoqda (foto)
Iroqlik farmatsevt va rassom Mohallad Habib o‘z vatani suratlariga multfilm qahramonlarini kollaj qilib, ta’sirli san’at asarlarini yaratadi, deb yozadi Esquire.
“Men yashaydigan hududda zo‘ravonlik, uylarni vayron qilish hamda ko‘plab fojiaviy narsalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Men ushbu fojialar mohiyatini qiziqarli usulda odamlarga yetkazish uchun ularni suratlarda aks ettirishga urinmoqdaman”, — deydi rassom.
Mavzuga doir: Rivojlangan va notinchlik hukm surayotgan mamlakatlar aholisining hayot tarzidagi keskin farqni aks ettiruvchi suratlar
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar