Bir necha oy avval soqov bo‘lib qolgan britaniyalik ayol to‘rtta aksentda gapirishni boshladi, deb yozadi Metro.

Foto: Metro

Angliyaning Esseks grafligida yashovchi Emili Igan bosh og‘rig‘idan shikoyat qila boshladi. Shundan so‘ng uning nutqi yomonlashib, tushunarsiz bo‘lib qoldi. Shifokorlar ayolni tekshirib, uning kasalligi sababini aniqlay olmadi.

Oradan uch jafta o‘tganidan so‘ng Igan umuman gapira olmay qoldi.

Ayol sevgilisi bilan ta’tilga ketdi. Ta’tilning beshinchi kuni u yana gapira boshladi. Biroq ayolning nutqi sharqiy Yevropacha aksentga ega bo‘ldi. Biroz vaqtdan so‘ng esa uning nutqida fransuz va italyan aksenti sezila boshladi. Ayol stressga tushganida esa uning ingliz tilisida ruscha aksent paydo bo‘ladi.

Shifokorlar Iganga miya faoliyatining buzilishi tufayli yuzaga keladigan “xorijiy til aksenti sindromi” tashxisini qo‘ydi.

Igan avvalgidek o‘ylay va so‘zlay olmayotganidan shikoyat qilmoqda. U butun umr Britaniyada yashaganiga qaramay, ingliz tilini bilish darajasi yomonlashmoqda.