Rossiyaning Sochi shahri “Hosil” bog‘dorchilik xo‘jaligida yashovchi aholi o‘z hududlariga “ega chiqqan” ayiq ustidan ommaviy arznomani Sochi milliy bog‘iga kiritdi, deb yozadi Esquire.
Da’vogarlarning yozishicha, ayiq ularning uchastkasida “xo‘jayinlik qilgan”, tovuqlarga tashlangan, tovuqxona va quyonxonani buzib tashlagan.
Shikoyatdan so‘ng Sochi milliy bog‘ining hayvonot olamini muhofaza qilish bo‘yicha inspektorlari jonivorni qo‘rqitib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, odatda Kavkaz qo‘ng‘ir ayiqlari insonlarga nisbatan tajovuzkor emas. Ular o‘simlik va baliqlar bilan oziqlanib, insonlar oldiga faqat o‘rmonda ovqat tugagan paytda chiqadi.
“Yoz va kuzning boshi — och ayiqlar uchun o‘zgacha vaqt. Bu paytda bog‘larda mevalar pishadi, kashtan va eman yetiladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)