Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Imago Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 qurbonlari soni salkam 437 ming kishiga yetgan.

Dunyoda kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh (2,1 million), Braziliya (888 ming), Rossiya (536 ming), Hindiston (343 ming) va Buyuk Britaniya (298 ming) davlatlari yetakchilik qilmoqda.

Hozirga qadar dunyo bo‘ylab koronavirusga chalingan bemorlarning 3,8 milliondan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda 6 milliondan, 8-iyun kuni esa 7 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi.