Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Chelsi” 21-iyun, yakshanba kuni “Aston Villa” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Goal

Uchrashuv londonliklarning ustunligada boshlangan bo‘lsada, birinchi bo‘lib maydon egalari hisobda oldinga o‘tib oldi. 43-daqiqada Kortni Haus hisobni ochdi. Bunga “ko‘klar” ikkinchi bo‘limda ikkita to‘p bilan javob qaytardi.

Zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Kristian Pulishich 60-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Olivye Jiru “Chelsi”ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Frenk Lempard shogirdlarining ochkosi 51 taga yetdi. “Chelsi” ikkinchi o‘rindagi “Lester” bilan oradagi farqni uch ochkogacha qisqartirgan bo‘lsa, 5-pog‘onadagi “Manchester Yunayted”dan besh ochko oldinda bormoqda.

APL

30-tur bahslari

“Aston Villa” — “Chelsi” 1:2

Gollar: 1:0 – 43 Haus, 1:1 – 60 Pulishich, 1:2 – 62 Jiru.

“Aston Villa”: Nyuland, Konsa, Mingz, Targett, Haus, Huriheyn (Nakamba, 70), Duglas Luis, Grilish, Makginn (Hota, 87), al-G‘ozi (Trezege, 70), Devis (Samatta, 57).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kante, Kovachich (Barkli, 55), Maunt, Loftus-Chik (Pulishich, 55), Villian, Jiru (Abraham, 80).

Ogohlantirish: Konsa (45).

“Nyukasl” — “Sheffild Yunayted” 3:0

Gollar: 1:0 – 55 Sen-Maksimen, 2:0 – 69 Ritchi, 3:0 – 78 Joelinton.

Chetlatish: Igan (50) — “Sheffild Yunayted”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!