Sirdaryo viloyatida 5 ta mashina ishtirokida dahshatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 18-iyun kuni soat 10:20 larda Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 kilometrida 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi X.X. boshqaruvidagi Captiva 1993-yilda tug‘ilgan S.M. u bilan bir yo‘nalishda boshqarib ketayotgan Cobalt’ni o‘ng tomondan quvib o‘tgan. Oqibatda Captiva yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas hamda boshqa bir Cobalt’ga urilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

S.M. boshqaruvidagi Cobalt esa Audi-100 mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Captiva bilan to‘qnashuv oqibatida Damas ichidagi ikki nafar yo‘lovchi 1979-yilda tug‘ilgan A.J. va 1982-yilda tug‘ilgan Q.Q. og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga keltirilgan va u yerda vafot etgan. Cobalt haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.