• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karantin effekti ortda qoldimi? Tadbirkorlar Toshkentda yetkazib berish xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘zgargani haqida

    Koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin tartibi yetkazib berish xizmatiga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelgandi, endi ushbu ko‘rsatkich asta-sekin avvalgi holatiga qaytmoqda. Spot nashri bu haqda ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining vakillarining fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    LeBazar ta’sischilaridan biri Zohid O‘lmasboyev talabning kamayishiga karantin cheklovlarining yumshatilgani sabab bo‘lganini qayd etgan.

    “Aprel bilan taqqoslaganda buyurtmalar soni 1,5-2 baravarga kamaygani sezilmoqda, lekin o‘rtacha chek ikki baravar o‘sgan. Bizning xizmatlardan foydalanuvchi doimiy mijozlarning iste’mol odatlari o‘zgarmagan, ular hali ham servisdan foydalanmoqda va haftalik buyurtmalar berishda davom etmoqda”, — deydi tadbirkor.

    Karantin boshlanganidan beri kompaniya 200 nafarga yaqin yangi xodimni ishga jalb qilgan. Ular, asosan, o‘zini yakkalash tartibiga o‘tgan talabalar yoki boshqa kompaniyalarning vakillari.

    “Biz ham, vaqtinchalik xodimlar ham ishga qabul qilish karantin davri uchun ekanini yaxshi tushunardik”, — degan Zohid O‘lmasboyev.

    “Arba.uz” direktori Gavhar Akromova karantin cheklovlari yumshatilganidan keyin buyurtmalar soni 35 foizga qisqarganini ma’lum qilgan, biroq xarid savatchasi ikki baravar oshganini ma’lum qildi.

    “Hozir uzoq davom etgan o‘zini yakkalash tartibidan keyin hamma sayrga chiqmoqda, natijada xizmatlarimizga bo‘lgan talab qisqargan, lekin iste’molchilar servisning qulayligini ko‘rishdi, ya’ni bunda navbatlar va og‘ir yuklar kabi qiyinchiliklar yo‘qligini tushunishdi. Shu sababli hozir xizmatlarni kengaytirishga e’tibor qaratyapmiz”, — deydi “Arba.uz” direktori.

    Karantin davrida kompaniyadagi xodimlar soni 20 nafarga ko‘paygan va rahbariyat ularni qisqartirmaslikka qaror qilgan.

    “Biz uchun iste’molchining o‘z buyurtmasini tezda va sifatli olishi muhim, shuning uchun ham qo‘shimcha yangi xodimlarni ishga oldik. Ular va omborga ishga olingan xodimlarning hammasi o‘z joyida qoladi. Ha, hozir avvalgidek savdo oqimi yo‘q, lekin ish hammaga yetmoqda”, — deydi tadbirkor.

    MyTaxi hamda Express 24 asoschisi Akmal Fayziyev oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlariga talabning oshganiga qaramay, marketpleysda 5-10 foizlik qisqarish kuzatilgani, tayyor ovqatga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini ta’kidladi.

    Bringo asoschisi Sharofiddin Nuriddinov tushlik vaqtidagi buyurtmalar 20 foizga ko‘payganini bildirdi, shuning uchun kompaniya kuryerlar sonini oshirgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati 1-avgustgacha saqlanib qoladi
    • O‘zbekistonda endi karantin xarajatlari karantin talablarini buzganlar tomonidan qoplanadi
    • O‘zbekistonda davlat bog‘chalari 1-avgustdan ochiladi, nodavlat bog‘chalardagi 15 kishilik cheklov bekor qilindi

    15.06.2020, 08:51   Izoh (0)   15739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi tuman kengashi deputati: “Siz jurnalistlar noto‘g‘ri xabar tarqatib, hokimiyatga ishonchsizlik uyg‘otyapsiz”.

    15.06.2020, 08:30

    Sulton Tex Group ishi bo‘yicha sud qarorini muhokama qilgan qarshilik deputatlar vaziyatga tayinli izoh berolmadi

    15.06.2020, 07:48

    Markaziy bank: O‘zbekistonda aholi AQSh dollarini xarid qilishdan ko‘ra sotishni afzal ko‘rmoqda

    15.06.2020, 07:28

    “O‘zkomnazorat”: O‘zbekistonliklarga xorij raqamlaridan qilingan shubhali qo‘ng‘iroqlar ortida firibgarlar turgan bo‘lishi mumkin

    15.06.2020, 06:45

    Buxoroda salkam 2 kg opiyni 12 ming dollarga sotib olgan fuqaro ushlandi

    15.06.2020, 06:03

    O‘zbekistonda 14-iyun kuni 114 kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirus Surxondaryoga qaytdi

    14.06.2020, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.