Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Gulobod” mahallasida yashovchi fuqarolar Haj ziyoratini amalga oshirish uchun yillar davomida yig‘ib kelgan mablag‘larini mahalladagi eksi transformatorni almashtirishga sarfladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “Gulobod” mahallasidagi transformator 1964-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, tez-tez buzilib turgan. Qish mavsumida — elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortganidan bir necha kunlar buzilib qolgan holatlar ham kuzatilgan.
Kamoliddin Jamilov va turmush o‘rtog‘i Bibimarziya Jamilova navbatdagi Haj ziyoratiga borish maqsadida yiqqan nafaqa pullaridan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 70 million so‘mlik yangi zamonaviy transformator xarid qilib, mahallaga o‘rnatdi.
Izoh (0)