2020-yil 5-iyun soat 22:30 holatiga ko‘ra yana 20 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi va bir kunda kasallikdan sog‘ayganlar soni 160 nafarga yetdi. Shu tariqa bir kunda 140 nafar bemor tuzalgach o‘rnatilgan rekord natija yanada yaxshilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra Navoiy viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar, jami 20 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (12 nafari Zarafshon shahridan, qolgan ikki nafari esa Xatirchi va Nurota tumanlaridan). Ulardan 10 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 da, eng kichigi 2 yoshda. Navoiy viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 110 nafarni tashkil qilmoqda.

Samarqandda tuzalganlarning hammasi ushbu viloyatda istiqomat qiladi (Jomboy, Urgut, Narpay va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan bemor sog‘aygan). Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 40 da, kichigi esa 24 yoshda. Samarqandda sog‘ayganlarning umumiy soni 318 nafarga yetdi.

Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham erkak (biri 50, yana biri 32 yoshda) Izboskan va Baliqchi tumanlarida yashaydi. Viloyatda tuzalganlarning umumiy soni 177 nafarga yetib, 1 nafar bemor davolanmoqda va Andijon koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Kun davomida 160 nafar bemor tuzalib, avvalgi kunlarga nisbatan o‘rnatilgan rekord marra yanada yaxshilandi. O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlarning umumiy soni 3247 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda 15-martda epidemiya boshlanganidan buyon koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 16 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.