Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Konsept-rassom va modelyer Jeff Frost o‘zining saytiga Betmenning yangi avtomobili suratini joylashtirib, darhol o‘chirib tashladi. Shunga qaramay, suratlar internet bo‘ylab tarqalishga ulgurgan: u Twitter’dagi The Batmen akkaunti tomonidan joylashtirilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Twitter / Eli Raider

Foto: Twitter / Eli Raider

Robert Pattinson ijrosidagi Qora ritserning yangi mashinasi Amerikaning klassik maslkarlarining zamonaviy versiyasini yodga soladi, biroq futuristik dizayniga ozgina o‘zgartirish kiritilgan. Mashinaning dvigateli o‘rqa tarafida joylashgan bo‘lib, uning texnik tavsifi noma’lum: V8 yoki V10 bo‘lishi mumkin. Jalopnik nashrining yozishicha, agregat Ford’ning Triton V10 6,8 dvigateliga o‘xshaydi.

Foto: Twitter / Eli Raider

Foto: Twitter / Eli Raider

Yangi betmobilning umumiy dizayni 1970—1980-yillar komikslarini yodga soladi, mashinaning o‘zi esa Dodge Charger va Plymouth Barracuda’ga o‘xshaydi.

Ammo bunda trubasimon romli orginal shassidan foydalanilgan, shu sababli yaqin o‘xshashlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Foto: Twitter / Eli Raider

Foto: Twitter / Eli Raider

Foto: Twitter / Eli Raider

Foto: Twitter / Eli Raider

“Betmen” filmida britaniyalik aktyor Robert Pattinsondan tashqari, Zoi Kravis (Mushuk-ayol), Pol Daono (Riddler), Kolin Farrell (Pingvin), Jon Turturro (Karmin Falkone), Jeffri Rayt (komissar Gordon), Endi Serkis (eshik og‘asi Alfred), Piter Sarsgaard (okrug prokurori Gil Kolson).

Avvalroq “Betmen”ning taqdimoti koronavirus tufayli 2021-yilning kuziga qoldirilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi