PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi golini aytdi. U 2017-yilda “Marsel” darvozasiga so‘nggi daqiqalarda kiritgan to‘pini alohida ta’kidladi. Kavani shuningdek, futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb kimni hisoblashini ham aytdi.

Foto: “Chempionat”

“Mening eng yaxshi golim? 2017-yilda “Marsel”ga qarshi o‘yinda urgan golim. Nazarimda, bu gol nafaqat men uchun, balki ushbu uchrashuv va muxlislar uchun ham juda muhim bo‘lgan.

Futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi — Ronaldo. U hujumchiga xos bo‘lgan barcha xislatlarga ega edi va maydonda istagan ishini qilardi. Ronaldo texnikasi yuqori va mohir futbolchi bo‘lgan. U men uchun barcha davrlarning eng yaxshisi hisoblanadi”, — deydi Kavani.

Ma’lumot uchun, Kavani koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangan Fransiya chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 marta golli uzatma amalga oshirgan. Uning Parij klubi bilan amaldagi kelishuvi joriy yilning 30-iyunigacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!