Surxondaryo viloyatining Angor tumanida o‘g‘rilik sodir etgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 31-may kuni tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 30-may kuni, noma’lum shaxslar yashash uyidan fuqarolik pasporti, uyining kadastr hujjatlari, qizining tug‘ilganlik guvohnomasi, 8 million 400 ming so‘mlik tilla zanjirini, 4 million 550 ming so‘mlik 3 dona tilla uzuklarini va 700 ming so‘mlik bir juft tilla ziragini o‘g‘irlab ketishganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Navro‘z” mahallasida doimiy ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi X.Ya. va tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi maktab o‘quvchisi X.A. sodir etgani aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.
2020-yilning 1-iyun kuni X.Ya. va X.A. nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “v, g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)