FourFourTwo Angliya Premyer Ligasi tarixidagi eng qo‘pol 50 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, musobaqaning eng qo‘pol futbolchisi deb “Vest Bromvich” yarim himoyachisi Garet Berri topildi. U faoliyati davomida 633 marta qoidabuzarlik qilgan va 6 ta qizil kartochka olgan.

Ikkinchi o‘rinni 605 ta qo‘pollik bilan “Sauthempton” sobiq hujumchisi Kevin Devis egalladi. Kuchli uchlikni esa, “Manchestrer Yunayted” va “Everton”dagi o‘yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan, hozirda Xitoyning “Shandun Lunen” klubi sharafini himoya qilayotgan Maruan Fellayni yakunladi. Uning hisobida 588 ta qoidabuzarlik bor.

Top-10 talikdan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:

1. Garet Berri — 633 ta qoidabuzarlik

2. Kevin Devis — 605

3. Maruan Fellayni — 588

4. Gabriel Agbonlahor — 439

5. Jeyms Milner — 434

7. Piter Krauch — 425

8. Li Kattermoul — 422

9. Lukas Leyva — 410

10. Tim Keyhill — 402.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!