Koronavirus sabab to‘xtab qolgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2020-yilgi mavsumi 13-iyundan davom ettiriladi. Bu haqda Professional futbol ligasi (PFL) rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: PFL

Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 5-iyundan boshlab futbol uchrashuvlarini boshlashga ruxsat etilgan. Biroq PFL jamoalar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazib olishi uchun kamida ikki hafta vaqt berishi ma’lum bo‘lgandi.

Shu tariqa 3-turdan so‘ng to‘xtab qolgan liga bahslari 13-iyun shanba kunidan davom etadi. Ta’kidlanishicha, klublar iyul oyida o‘ynashga majbur bo‘ladi. Shuningdek, mavsum dekabrga qadar davom etishi taxmin qilinmoqda. Osiyo Chempionlar Ligasi va FIFA kunlari sabab taqdim etilgan yangi taqvimda o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

Quyida Superliga—2020 mavsumi birinchi davra taqvimi bilan tanishing:

Superliga—2020 birinchi davra taqvimi

Foto: PFL

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!