• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldu va Messi davri tugamoqda. Yaqin 10 yillikning bosh yulduzi kim bo‘ladi?

    So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchilari, shubhasiz, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Hech qaysi futbolchi ularga na mahorat bobida va na barqarorlik borasida teng kelish u yoqda tursin, hatto yaqinlasholmaydi. Biroq tan olish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, vaqt hatto afsonalarni ham ayab o‘tirmaydi. Shunday ekan futbol ixlosmandlari bu ikki dahoning o‘rniga yangi o‘n yillik uchun boshqa bir kumirni aniqlab olishi kerak. Xo‘sh, bunday maqomga kim loyiq? Quyida aynan Ronaldu va Messining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan (yosh) futbolchilar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

    Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya)

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Tug‘ilan sanasi: 1998-yil 20-dekabr

    Ampluasi: hujumchi

    Mbappe atigi 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lishga va aqlbovar qilmas statistikalarni qayd etishga ulgurdi. U o‘zining yorqin harakatlari, tezkorligi va dadilligi bilan deyarli dunyo futboli yulduziga aylandi. Ochig‘i, bu joyda boshqa birovni tasavvur qilish qiyin.

    Aksariyat ekspertlar va sobiq futbolchilar Messi va Ronaldu faoliyatini yakunlagach, aynan Mbappe ularning o‘rnini egallashini ta’kidlamoqda.

    Hozircha esa Mbappe PSJ uchun kamyob bo‘lgan – Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

    Joau Feliks (“Atletiko”, Portugaliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tug‘ilgan sanasi: 1999-yil 10-noyabr

    Ampluasi: hujumchi

    “Atletiko” uchun rekord ko‘rsatkich – 126 million funtga tushgan 20 yoshli Feliks ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Shuncha mablag‘ umumiy hisobda bor-yo‘g‘i 43 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchiga sarflangandi. Afsuski, uning Ispaniyadagi debyuti jarohatlar tufayli unchalik ham omadli chiqmadi. Buning ustiga u sevimli pozitsiyasida o‘ynamayapti, ammo talabchan Diyego Simeone unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ko‘proq imkoniyat bermoqda.

    Feliksni Portugaliyada anchadan beri “yangi Ronaldu” deyishadi, shuningdek, Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘lgani ham, uning porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Umuman olganda iqtidorli hujumchi “Atletiko”da yomon o‘ynamayapti. Mbappe singari, u ham yangi o‘n yillikning yetakchi futbolchisi bo‘lishga majbur.

    Jeydon Sancho (“Borussiya Dortmund”, Angliya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tug‘ilgan sanasi: 2000-yil 25-mart

    Ampluasi: vinger

    Sanchoning bu ro‘yxatdan o‘rin olishiga sabab, uning dortmundliklar safidagi ajoyib o‘yinlari. Yosh bo‘lishiga qaramay, u anchadan beri o‘zini xuddi kattalardek tutadi, gollar va assistlar...

    Tengdoshlariga qaraganda birmuncha barqaror va sovuqqon o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Xullas, oldinda tayyor mahsulot turibdi.

    Ansu Fati (“Barselona”, Ispaniya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tug‘ilgan sanasi: 2002-yil 31-oktabr

    Ampluasi: vinger

    Tezkor, texnikasi yuqori va vaziyatlarni yaxshi yakunlaydigan 17 yoshli Ansu Fati kutilmaganda o‘zini “Barselona”da tanitdi. Uning hikoyasi Gollivud kinolarida bo‘lgani kabi hammasi juda ajoyib.

    Gvineya-Bisaulik (G‘arbiy Afrikadagi davlat) muhojirning o‘g‘li Ansu Fati onasi va olti yoshli ukasi bilan Ispaniyaning Sevilya shahriga keladi. Iqtidorli bolakay 10 yoshida La-Masiyaga qabul qilinadi, 17 yoshida esa bir o‘yinda o‘z nomiga ham gol, ham assist yozdirib qo‘ygan eng yosh o‘yinchiga aylanadi. Shuningdek, u “ko‘k-anorranglilar”ning Chempionlar Ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchisi hisoblanadi. Uning o‘yin uslubi Messinikiga juda o‘xshash.

    Katalon klubi bilan amaldagi shartnoma bo‘yicha uning tovon puli 170 million yevroga teng. Professional shartnoma imzolangach, miqdor 400 millionga ko‘tariladi.

    Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”, Angliya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tug‘ilgan sanasi: 1998-yil 7-oktabr

    Ampluasi: o‘ng qanot himoyachisi

    Ko‘pchilik hujumchilarning o‘yinini tomosha qilishni ma’qul ko‘radi, ammo 21 yoshli Aleksander-Arnold himoyadagi ishonchli o‘yinidan tashqari, uncha-muncha hujumchilarga ham dars berib qo‘yishi mumkin.

    Aleksander-Arnold Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblanadi. Yaqin orada esa Angliya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylanadi. Uning Yevro–2020 ning yulduzi bo‘lishi kutilmoqda.

    To‘p uzatishlar, kreativlik va golli vaziyatlarni yaratish qobiliyati – bularning barchasi Arnoldga jahon darajasidagi futbolchi bo‘lish imkonini beradi.

    Kay Haverts (“Bayer”, Germaniya)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tug‘ilgan sanasi: 1999-yil 11-iyun

    Ampluasi: yarim himoyachi

    Kay Haverts – Germaniya futbolida uzoq vaqtdan beri kutilayotgan iste’dodli futbolchi. U futbol intellekti yuqori bo‘lgan kamyob o‘yinchilardan biri. Haverts 20 yoshida Bundesligada 100 dan ortiq bellashuvda maydonga tushdi. U hozirgacha rivojlanishda davom etmoqda, ehtimol, uning ochilishi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lar. Bu borada uni darhol ochilib ketmagan Kevin de Bryuyne bilan taqqoslash mumkin. Haverts kelajakda maydon markazini to‘laligicha o‘zinikini qilib olishi mumkin. U uchun jamoani almashtirish vaqti keldi. Darvoqe, uni “Bavariya” o‘z safida ko‘rmoqchi.

    Fil Foden (“Manchester Siti”, Angliya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tug‘ilgan sanasi: 2000-yil 28-may

    Ampluasi: yarim himoyachi

    Ushbu ro‘yxatga Fil Fodenni kiritmaslik adolatdan bo‘lmasdi. Filning iste’dodiga kelsak, u Premyer Ligadagi eng yaxshilaridan biri. U iloji boricha ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun harakat qilishi va shu bilan birga sabrli xam bo‘lishi kerak. Boisi “shaharliklar”ning asosiy tarkibidan joy olish unchalik ham oson ish emas. Agar u 21-22 yoshida doimiy ravishda maydonga tushmasa, boshqa klub izlashiga to‘g‘ri keladi. Ammo Fil hozirda ajoyib murabbiy bilan ishlamoqda, Kevin de Bryuyne, David Silva va Bernard Silvadan ko‘p narsalarni o‘rganmoqda. U Gvardiola bilan qancha uzoq ishlasa, o‘zi uchun foydadan xoli bo‘lmasdi.

    Rodrigo (“Real”, Braziliya)

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    Tug‘ilgan sanasi: 2001-yil 9-yanvar

    Ampluasi: Vinger

    Uning mashhurlikka erishishi juda tez sodir bo‘ldi. “Osasuna”ga qarshi kechgan bahsda u maydonga tushishidan 94 soniya o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishadi. Shundan so‘ng ma’lum muddat o‘rinbosarlar jamoasida to‘p tepadi, keyinchalik Zidan uni asosiy jamoaga chaqiradi.

    Ikki oyoqda ham bir xil o‘ynaydigan Rodrigo oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Intizomli va kamtar yigitcha mashg‘ulotlarda ham bor kuchini ishga soladi. Va jamoadagi tajribali sheriklaridan ko‘p narsalar olmoqda. O‘z navbatida “Real”da uni hurmat qilishadi.

    Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”, Angliya)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tug‘ilgan sanasi: 2001-yil 1-oktabr

    Ampluasi: hujumchi

    Angliyaning yana bir iqtidorli futbolchilaridan biri Grinvud boshqalardan keskin farq qiladi. Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarning aksariyati juda xomdek ko‘rinadi, biroq Grinvud haqida bunday deyish biroz mushkul. Sababi u allaqachon o‘zini yig‘ib olgan va dadil futbolchiga aylangan. Muhimi, gol urishni biladi. Uning jahon yulduziga aylanish imkoniyati yuqori baholanmoqda.

    Dele Alli (“Tottenhem”, Angliya)

    Foto: The Guardian

    Foto: The Guardian

    Tug‘ilgan sanasi: 1996-yil 11-aprel

    Ampluasi: yarim himoyachi

    Britaniyalik ekspertlarning fikricha, Dele Alli Joze Mourinyo qo‘l ostida yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin. O‘z vaqtida portugaliyalik mutaxassis Frenk Lempard bilan ham nimalardir qilgandi. Yangi mentalitet, yangicha yondashuv anchadan beri “o‘z” murabbiyini kutayotgan futbolchini o‘zgartira oladi. Joze avval ham bir necha bor o‘yinchilardan super yulduzlarni tayyor olgan, chunki u qolganlarga qaraganda talabchanroqdir.

    Erling Holand (“Borussiya Dortmund”, Norvegiya)

    Foto: Bleacher Report

    Foto: Bleacher Report

    Tug‘ilgan sanasi: 2000-yil 21-iyul

    Ampluasi: hujumchi

    “Borussiya” fantastik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Boshqa hech narsa qo‘sholmayman”, — degandi Ole-Gunnar Sulsher Holandning Dortmund klubiga o‘tishi haqida.

    19 yoshli norvegiyalik forvard qishda Sulsherning asosiy transfer maqsadi edi, ammo uni “Old Trafford”ga olib kelish nasib etmadi. Futbolchining agenti Mino Rayola Pogbaning transferidan keyingi ziddiyatlardan so‘ng “qizil iblislar”ga boshqa futbolchi sotmasligini ma’lum qilgandi. Rayola o‘z so‘zida turdi – Holandni iste’dodi va potensialiga yarasha bo‘lmagan mablag‘ evaziga “Borussiya”ga sotib yubordi.

    Holand esa yangi klubidagi dastlabki o‘yinlaridan boshlab ko‘pchilikning hayratiga sazovor bo‘ladi. “Augsburg”ga qarshi bahsda zaxiradan tushib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, “Kyoln” bilan o‘yinda ham zaxiradan qo‘shilib, dublga erishadi. Shunday qilib, Holandga “Borussiya” safida beshta gol urishi uchun 61 daqiqa kifoya qildi. Agar u shu ruhda davom etsa, yaqin kelajakda Messi va Ronalduning gegemonligiga nuqta qo‘yishi mumkin.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.06.2020, 16:59   Izoh (0)   28134
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyalik epidemiologlar 1 yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasining bo‘lib o‘tishiga ishonmayapti

    01.06.2020, 16:32

    UFС prezidenti Konor Makgregorga chempionlik jangini va’da qildi. U Habib bilan jang qilishi mumkin

    01.06.2020, 16:01

    Jeydon Sancho kuchli beshlik ligalarida Messi, Ronaldu va Eden Azar qayd etgan natijani takrorladi

    01.06.2020, 15:14

    Balotelli yana boshladi: “Super Mario” “Breshiya” bilan sudlashishi mumkin

    01.06.2020, 14:47

    Ronaldo o‘zi doim kuzatib boradigan 5 futbolchi nomini aytdi. Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q

    01.06.2020, 14:16

    Lionel Messi: “Futbol ham hayot kabi oldingidek bo‘lmaydi”

    01.06.2020, 13:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda yomg‘ir va toshqinlar sababli 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 10:27

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi. Nomzodlar kim?

    Dunyo | 3 iyun, 09:58

    YCHL. Eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar (top-10)

    Sport | 3 iyun, 09:55

    Taqiq, cheklov va jazolar: Yaponiya imperatorlari qanday yashaydi?

    Shou-biznes | 3 iyun, 09:44

    AQSHda immigratsiya siyosati va chegara nazorati kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:38

    Italiyada Etna vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 09:20

    Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.