O‘zbekistonda 30-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 kishiga ko‘payib, 3523 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Qayd etilishicha, shu kungacha bemorlarning 2 783 (+55) nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Hozirda 726 nafar bemor davolanishda qolmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.