• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizni jazolashga majbur qilmang”. IIV karantin qoidalariga rioya qilinmayotgani yuzasidan o‘zbekistonliklarga videomurojaat bilan chiqdi

    O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilib, ko‘pgina tashkilot va korxonalarga, tadbirkorlarga ish yuritishga sharoit yaratib berildi, aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chaga chiqishga imkon berildi. Biroq IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqarolar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, koronavirusdan butunlay xalos bo‘ldik, degan tushuncha bilan karantin qoidalariga bepisand munosabatda bo‘la boshladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bozorlarda, savdo nuqtalarida ijtimoiy masofa saqlanmayapti, fuqarolar tibbiy niqobni ko‘p kunlar, hattoki haftalar davomida almashtirmasdan taqmoqda, ko‘chaga niqobsiz chiqish holatlari kuzatilmoqda. Transportda yurish cheklovlariga rioya etilmayapti.

    Vazirlik odamlar karantin cheklovlaridan charchashganini tushunishini, biroq O‘zbekistonda kasallanish bilan bog‘liq ayrim raqamlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab, aholiga videomurojaat yo‘lladi.

    “Bugungi kunga kelib kasallik aniqlangan fuqarolarimiz soni 3 440 tadan oshdi, ulardan deyarli 20 foizi hali tuzalmaganlar, 14 kishi vafot etdi, 4 kishi esa og‘ir ahvolda. 46 ming 600 dan ziyod fuqaro karantinda qolmoqda. Eng achinarlisi, biz bilgan 127 nafar fuqaroning kasallik yuqtirgan manbasi hanuzgacha aniqlanmagan. Shu bilan birga, kasal bo‘lganini hech kimga bildirmasdan yoki koronavirus infeksiyasini yuqtirganini bilmagan holda uy sharoitida davolangan bemorlar haqida ham ma’lumotlar mavjud”, — deyiladi videomurojaatda.

    Shuningdek, oxirgi vaqtlarda Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida koronavirus kasalligi aholi orasida aniqlanayotgani, bu raqamlar har kuni ko‘payib borayotgani, oxirgi ikki kunda Toshkent shahrining o‘zida ularning soni 30 ga yaqinlashgani, bularning barchasi fuqarolarning gigiyena qoidalari va belgilangan cheklovlarga bepisand bo‘lishlari natijasi ekanligi ta’kidlandi.

    “Unutmang, kasallik tashuvchi shaxslar o‘zlari bilmagan holda oramizda yurishi mumkin. Shuning uchun, avvalo, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun niqobsiz yurmang, maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, zarurat tug‘ilganda bozor yoki do‘konga tushsangiz, ijtimoiy masofani qat’iy saqlang.

    Tartibni saqlab qolish bizning burchimiz, ogohlantirish esa vazifamizdir. Iltimos, sizni jazolashga bizni majbur qilmang. Hech kim yana bir necha oy uyda o‘tirgisi kelmayapti. Vaziyat bungacha borishiga yo‘l qo‘ymaslik o‘z qo‘limizda”, — deb yakunlangan vazirlik videomurojaati.

    Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi. O‘zbekistonda toifasidan qat’i nazar barcha hududlarda qaysi karantin talablari saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublikada 1-sentabrga qadar saqlanib qoladigan karantin talablari ro‘yxati e’lon qilindi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat berildi
    • “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berildi
    • O‘zbekistonda 5-iyundan futbol bellashuvlarini davom ettirishga ruxsat berildi

    30.05.2020, 17:24   Izoh (0)   26606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida bir kunda 1500 ga yaqin kishi karantin qoidalarini buzgani aniqlanib, chora ko‘rildi

    30.05.2020, 16:25

    Toshkentdagi Yangi hayot kichik tumani hokimligiga Hayot Inog‘omov nomzodi taklif qilindi

    30.05.2020, 15:48

    Toshkent “sariq”ligicha qoldi. Boshqa tuman va shaharlarning karantin darajasi qayta ko‘rib chiqildi

    30.05.2020, 12:46

    Buxoro shahrida karantin vaqtida faoliyat yuritayotgan kafe aniqlandi

    30.05.2020, 11:34

    O‘zbekistonda 1-sentabrga qadar saqlanib qoladigan karantin talablari ro‘yxati e’lon qilindi

    30.05.2020, 10:56

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 25 taga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 3513 nafarga yetdi

    30.05.2020, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.