Xitoyda karantindan keyin kinoteatrlar qayta ochilayotgani munosabati bilan kinozal egalari tomoshabinlarni film tomosha qilishga noodatiy usul bilan taklif qilmoqda. Bu haqda “Film.ru” xabar berdi.

Ular mashhur film qahramonlari yuzida tibbiy niqob va bir-biri bilan masofa saqlab kinoteatrda o‘tirgani aks etgan posterlar seriyasini shaharga osib chiqdi. Shu tarzda tomoshabinlarga xavfsizlik choralariga rioya qilish eslatiladi.

Posterlarda “La-La Lend”dagi Mia va Sebastyan, “Bir kuni Gollivudda” filmidagi Kliff But va Rik Dalton, shuningdek “Ameli”, “Taksichi” va “Shoushenkdan qochish” filmlari qahramonlari ham aks ettirildi.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”