2020-yilning aprelida raqamli videoo‘yinlar savdosi rekord o‘rnatdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Courtesy of Nintendo o‘yinidan kadr

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning aprelida foydalanuvchilarning o‘yinlarga xarajatlari 10,5 milliard dollardan oshib ketdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga ko‘p degani.

Mutaxassislar bunga odamlarning karantin tufayli uyda o‘tirgani sabab bo‘lganini aytmoqda.

Shunday qilib, eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar reytingida Nintendo — Animal Crossing: New Horizons yetakchilik qildi. Unga 3,6 million dollar sarflashgan. Bundan tashqari, ushbu o‘yin ikki oy ichida tarixda eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar orasida rekord o‘rnatdi.

Square Enix’ning Final Fantasy VII Remake o‘yiniga 2,2 million dollar sarflashgan, 1999-yilda chiqarilgan Horcorm’ning Resident Evil 3 o‘yini 1,3 million dollarga sotilgan.