Sumka ayol kishi obrazidagi eng muhim aksessuarlardan biri hisoblanadi. Oddiy va zerikarli bo‘lgan obrazni ham o‘ziga xos dizayndagi sumka bilan yorqin qilish mumkin. Bahor-yoz mavsumida qanday sumkalar dolzarbligiga street style misolida javob beramiz.

Foto: Cosmopolitan

Noodatiy shakl, charm, o‘ziga xos rang va kamarli mazkur sumka istalgan oddiy obrazni qiziqarli ko‘rsatadi.

Foto: Cosmopolitan

Zanjirli, metall logoli qora bejirim sumka klassika hisoblanadi. Bunday model bir vaqtning o‘zida bashang va o‘ziga xos ko‘rsatadi. Bunday sumkani ofis uslubidagi kostyum yoki jinsi bilan ham moslash mumkin.

Foto: Cosmopolitan

To‘q ko‘k rangli mazkur modelga o‘xshash sumkani yilning trendi deb atasa ham bo‘ladi. To‘rtburchak korpus, keng kamar sumkaning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Bunday sumkani bahor va yozda och va yengil liboslar bilan kiyish ayni muddao.

Foto: Cosmopolitan

Mazkur model kichik hajmdagi sumka tutishni yoqtiruvchilar uchun yaxshi variant. Ixcham dizayn, bezak va qulay yelkaga taqishga mo‘ljallangan kamar sumkaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Foto: Cosmopolitan

Yarim oy shaklidagi ushbu modelni kundalik yoki ofis obrazlari bilan moslash mumkin. O‘ziga xos shakldagi mazkur sumkani model Kendall Jenner obrazlaridan birida ham kuzatish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Kokilli sumka yoz uchun eng a’lo variant hisoblanadi. Bunday model qo‘lda tutish, yelkaga osish uchun qulayligi bilan ham ahamiyatli. Keng va kalta ko‘ylak, shifon yupka va koftalar bilan moslash tavsiya qilinadi.

Foto: Cosmopolitan

Qora, ixcham, o‘ziga xos uslubdagi sumka, nafaqat jiddiy uslubda kiyinishni balki o‘ziga xos obraz yaratishni istovchilar uchun tavsiya qilinadi.