Garderobingizda eskirgan liboslar bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshilmang, ular bilan yangi obrazlar yaratish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ilhomlanish uchun quyidagi variantlarni taqdim qilamiz.

1. Eski vodolazka yoki futbolkani ko‘ylak ichidan kiyishingiz, jemferni bo‘lsa, yelkangizdan tashlab erkin obraz yaratishingiz mumkin. Bunda ranglar bir-biriga mos tushishi shart emas. Asosiysi, ko‘nglingiz to‘lishi va qulaylikni his qilishingizdir.

2. Keng yoki uzun kardiganni sandiqqa solishga shoshmang, uni qomatingizga qarab toraytiring, bo‘yingizga qarab qisqartiring. Kardigan hech qachon modadan qolmaydi, shunchaki uni boshqa kiyimlar bilan moslash kerak bo‘ladi.

3. Urfdan qolgan deb hisoblayotgan ko‘ylagingiz bilan ham yangicha qiyofa yaratishingiz mumkin. Buning uchun oversize uslubidagi keng va uzunroq jemfer ichidan ko‘ylak kiyish, aksessuar sifatida esa kamardan foydalanish mumkin.

- Har kuni nima kiyishni o‘ylaydiganlar uchun oq futbolka — universal yechim (foto)
- Krossovkalar trend estafetasini baletkalarga topshirdi. Bahor-yoz mavsumi uchun 5 obraz
- Moda o‘zgaradi uslub emas. Urfdan qolmaydigan 10 kiyim-kechak
- Bahor-yoz mavsumida qanday ko‘zoynaklar urfda bo‘ladi?
- Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin








