Koronavirus pandemiyasi tufayli aksariyat kompaniyalar o‘z xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazayotgani munosabati bilan Facebook jamoasi biroz fantaziyani ishga solib, kelajakda ish joyi qanday bo‘lishini ko‘rsatishga qaror qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Facebook

Mutaxassislarning fikricha, kelgusida ish jarayonida to‘ldirilgan va virtual reallikdan foydalaniladi (AR va VR).

Shunday qilib, xodim VR-shlem va kamera yordamida odatiy klaviaturada ma’lumotlar kiritadi va ular virtual displeyda aks etadi.

Ekranlarni esa imo-ishoralar orqali boshqarish mumkin hamda ish joyini har kim o‘ziga moslashtira oladi.

Shuningdek, kompaniya vakillari virtual avatarlarni ham o‘ylab topdi. Ular Codec Avatars sun’iy intellekti yordamida inson obrazi va his-tuyg‘ularidan nusxa ko‘chira oladi.

Avatarlar xodim o‘zini yolg‘iz his etmasligi uchun kerak bo‘ladi.

Facebook vakillarining aytishicha, ushbu texnologiya allaqachon sinovdan o‘tkazilgan.