YouTube’ning iOS va Android’ga mo‘ljallangan ilovalarida foydalanuvchining uxlash vaqti bo‘lganini eslatib turuvchi funksiya paydo bo‘ldi, deb xabar beradi IXBT.
YouTube’dagi roliklarni tomosha qilishga berilib ketish juda oson. Ayniqsa, hozirgi izolyatsiya sharoitida. Biroq uyquning o‘rniga video ko‘rish — yaxshi g‘oya emas, bu uyquga to‘ymaslik va holdan toyishga olib kelishi mumkin. Servis shuni inobatga olib, video tomosha qilishni to‘xtatib, uyquga yotish kerakligini eslatuvchi yangi funksiyani taqdim etdi.
Eslatish parametlari, xususan, vaqt va uning qanchalik qattiq bo‘lishini (servis rolik tugashini kutishi yoki eslatish uchun uni to‘xtatib qo‘yishi) foydalanuvchilar sozlamalar orqali belgilab olishi mumkin. Albatta, mazkur eslatish funksiyasini o‘chirib qo‘yish va video tomosha qilishni davom ettirish mumkin.
Izoh (0)