• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalambor, siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-ukalarimiz, opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni bildiraman.

    Ramazoni sharif ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida azal-azaldan alohida o‘rin egallab keladi. Ushbu qutlug‘ oyda sabr-u qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar bu yil yurtimizda har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.

    Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida ‘Alloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir’, degan ilohiy o‘gitga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo‘lib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini ko‘rsatganini jahon hamjamiyati e’tirof etmoqda. Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.

    Asrlar davomida xalqimiz ongida bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni shakllantirishda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning o‘rni va ta’siri albatta beqiyosdir.

    Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan ma’lum qiyinchiliklarni to‘g‘ri tushunib, bu masalaga oqilona yondashgan, ayni vaqtda ‘Saxovat va ko‘mak’ umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bo‘lgan keksayu yosh barcha vatandoshlarimizga shu ulug‘ ayyom kunlarida yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman.

    Aziz do‘stlar! Ma’lumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq mushkul vaziyatni boshimizdan o‘tkazmoqdamiz. Shu o‘rinda bir haqiqatni eslatib o‘tishni zarur, deb bilaman. Karami keng Alloh taolo muqaddas Qur’oni karimda insonlarni mas’uliyatli sinov kunlarida sabr va qanoatli bo‘lishga da’vat etib, ‘Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik ham bordir’, deb marhamat qiladi.

    Chindan ham, har qaday tashvish ortida yengillik va yorug‘lik borligini koronavirus kasalligidan sog‘ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning katta yordami va ko‘magi bilan o‘z hayotini yangitdan yo‘lga qo‘yib olayotgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar. Shu ma’noda, bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman.

    Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabr-u chidam bilan mardona yengib o‘tgan olijanob xalqimiz bu sinovlardan yanada kuchli va qudratli bo‘lib chiqadi. Ana shunday qat’iy ishonch va ko‘tarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettirish yo‘lida davrning o‘zi talab etayotgan, biz boshlagan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qo‘ygan ulkan marralarga albatta erishamiz.

    Siz, aziz va muhtaram vatandoshlarimni ezgu niyatlar ro‘yobga chiqadigan, xayrli amallar uchun behisob savoblar yog‘iladigan, o‘zaro birdamlik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ulari tarannum etiladigan shukuhli Iyd-ul-Fitr bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.

    Fursatdan foydalanib, jahondagi barcha mo‘min-musulmon birodarlarimizni ham xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka va farovon hayot tilayman. Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlari va duolari ijobat bo‘lsin!

    Parvardigori olam doimo yo‘limizni ham, yuzimizni ham yorug‘ qilsin! Yurtimizni, elimizni turli balo-qazolardan O‘zi asrasin! Vatanimiz tinch, xalqimiz sog‘-salomat bo‘lsin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may kuni nishonlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Hayit namozini uyda o‘qishni tavsiya qilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa Hayitni uyda, oila davrasida nishonlashga chaqirgan.

    Mavzuga doir:

    • “Yon-atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”. SSV o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
    • “Hayit namozini uyda o‘qing”. Musulmonlar idorasi Ramazon Hayitini karantin davrida nishonlash bo‘yicha bayonot berdi

    23.05.2020, 21:04   Izoh (0)   29806
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Soliq qo‘mitasi huzuridagi markaz xodimida koronavirus aniqlandi. DSQ xodimlari kasallikka tekshirilmoqda

    23.05.2020, 20:58

    Namanganda 80 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 2532 nafarga yetdi

    23.05.2020, 20:49

    Shavkat Mirziyoyev Karachidagi aviahalokat munosabati bilan Pokiston prezidentiga ta’ziya bildirdi

    23.05.2020, 19:52

    O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 7-iyungacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

    23.05.2020, 19:10

    Toshkentdagi uch pog‘onali yo‘l Markaziy Osiyoda yagona emas

    23.05.2020, 18:25

    Vodiy viloyatlarida aholiga smart-karta shaklidagi kadastr pasporti berish yo‘lga qo‘yildi

    23.05.2020, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.