• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi uch pog‘onali yo‘l Markaziy Osiyoda yagona emas

    “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturi 22-may soat 21:00 dagi sonida muxbir Shahlo Ergashevaning Toshkentda yangi ochilgan uch qavatli transport bog‘lamasi haqidagi reportaji efirga uzatildi. Reportaj davomida inshootni ta’riflarkan, muxbir, jumladan, shunday dedi: “Ushbu obyekt Markaziy Osiyoda uch qavatli bo‘lgan yagona transport inshootiga aylandi”.

    Markaziy Osiyo aslida kattaroq, hatto Xitoyning bir qismini qamrab oladigan geografik tushuncha, biroq “O‘zbekiston 24” muxbirlari bunda, katta ehtimol bilan, O‘zbekistonga qo‘shni to‘rt mamlakat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonni nazarda tutgan. E’tiborlisi, Qirg‘izistondan tashqari qolgan uch mamlakatda uch qavatli yo‘llar allaqachon qurilib, foydalanishga topshirilgan va yangilarini qurish ishlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: “Axborot 24”da eski “Abu Saxiy” bozori yangi investor sabab rivojlanib ketayotgani haqida lavha berildi. Lekin investorning kimligi aytilmadi

    2016-yil avgustida Qozog‘istonning “janubiy poytaxti” — Olmaota shahrida o‘sha vaqtda tirbandliklardan eng ko‘p aziyat chekkan Sayin va Risqulov ko‘chalari kesishmasida uch qavatli transport bog‘lamasi foydalanishga topshirilgan edi. Bir qarashda u uch qavatliga o‘xshamaydi (lekin haqiqatan ham uch qavatli), boz ustiga 311 metrlik yo‘l o‘tkazgichi ham boshqacha.

    Foto: “Forbes.kz”

    Hozirda Olmaotaning xalq orasida “aeroport halqa”si deb nomlanuvchi Buxtarma ko‘chasi — G‘ulja yo‘li chorrahasida ko‘rinishi Toshkentdagi uch qavatli yo‘lni qariyb takrorlovchi transport inshooti qurilmoqda.

    2017-yil yanvarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tonnellarga to‘la Andalib shohko‘chasining Gurbansulton eje ko‘chasi bilan kesishmasida uch qavatli yo‘l inshooti qurilgan.

    Foto: “Turkman davlat xabarlari”

    U ko‘prik, uzunligi 380 metrga teng tonnel va aylanma chorrahadan iborat (va ko‘rinishidan Toshkentdagi uch qavatli yo‘lga o‘xshaydi, bitta farqi — aylanma yo‘l ikkinchi emas, uchinchi qavatda). “Turkman davlat xabarlari”ning yozishicha, inshoot 9 ballgacha bo‘lgan yerosti silkinishlariga chidamli.

    Ashxoboddagi Andalib va Gurbansulton eje chorrahasida qurilgan uch qavatli yo‘l.

    Ashxoboddagi Andalib va Gurbansulton eje chorrahasida qurilgan uch qavatli yo‘l.
    Skrinshot: “Yandex.Xarita”

    2018-yil sentabrida Tojikiston poytaxti Dushanbeda, Nusratullo Maxsum va G‘ofurov ko‘chalari chorrahasida mamlakatdagi ilk uch qavatli transport inshooti qurilib, foydalanishga topshirilgan edi.

    Obyekt qurilishi 2016-yil sentabrida boshlangan, loyiha uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 35 million dollarlik kredit, 3 million dollar miqdorida texnik yordam ajratgan edi.

    Dushanbening 82-kichik tumanida 2018-yili foydalanishga topshirilgan uch qavatli yo‘l.

    Dushanbening 82-kichik tumanida 2018-yili foydalanishga topshirilgan uch qavatli yo‘l.
    Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

    Dushanbeda 2020-yil bahorida ikkinchi uch qavatli chorraha foydalanishga topshirilishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab foydalanishga deyarli tayyor inshootning to‘liq ochilishi noma’lum muddatga qoldirilgan.

    “O‘zbekiston 24” telekanali atrofidagi gap-so‘zlar

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Oriat Dono” radiokanalining “Futbol plyus” dasturidan kesib olingan lavha tarqaldi. Unda, jumladan, dastur ishtirokchilari “O‘zbekiston 24” telekanalida berilayotgan reportajlar va haqiqiy hayot o‘rtasida farq borligini ta’kidlab, lavhalar xolisligi va haqqoniyligini shubha ostiga olgan edi.

    Bu chiqish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan, asosan, olqishlandi, “O‘zbekiston 24” telekanalini ham o‘z ichiga oluvchi Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Alisher Xadjayev esa ushbu holat yuzasidan bergan bayonotida “Futbol plyus” ishtirokchilarining ta’kidlarini “mutlaqo asossiz va noo‘rin tanqidiy fikrlar” deb atadi.

    Jurnalist Hasan Toshxo‘jayev esa Facebook’dagi sahifasida chiqish qilib: “‘O‘zbekiston 24’ telekanali yolg‘on axborot tarqatmaydi. ‘O‘zbekiston 24’ telekanali haqiqatni gapiradi”, deb ta’kidladi. Uning bu posti qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

    PS. Hech bir OAV xatodan kafolatlanmagan, internet-nashrlarda, xususan, “Daryo”da berilayotgan u yoki bu axborot noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin, chunki aksariyat materiallar rasmiy manbalar va axborot agentliklariga asoslanib (qayta) tarqatiladi (milliy qonunchilikka muvofiq, rasmiy manbalar va axborot agentliklaridan olingan axborotning to‘g‘ri va haqqoniyligi uchun rasmiy manbalar va axborot agentliklarining o‘zi javobgar). Ammo “Markaziy Osiyoda yagona”, “dunyoda yagona” degan jumlalar bilan bilib-bilmay noto‘g‘ri axborot tarqatishdan hamma tiyilgani ma’qul.

    23.05.2020, 18:25   Izoh (0)   77280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vodiy viloyatlarida aholiga smart-karta shaklidagi kadastr pasporti berish yo‘lga qo‘yildi

    23.05.2020, 18:09

    Toshkent shahrida aholi orasida ikki kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 3089 nafarga yetdi

    23.05.2020, 17:02

    “Yon-atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi”. SSV o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

    23.05.2020, 16:48

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    23.05.2020, 16:07

    “O‘rikzor” bozorida koronavirus aniqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi

    23.05.2020, 16:04

    Toshkentda yana 33 bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular orasida Tojikiston fuqarosi ham bor

    23.05.2020, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.