Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bezgakka va revmatologik kasalliklarga qarshi girdoksixloroxin preparati yurak-qon tomir tizimida yuklamani oshirib, COVID-19’ni davolashda o‘lim ko‘rsatkichining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Butun dunyoda gidroksixloroxin bilan davolash statistikasini tahlil qilgan olimlar shunday xulosaga kelgan. Mazkur tadqiqotning natijalari Lancet tibbiyot nashrida e’lon qilingan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tadqiqotda butun dunyodagi 671 ta kasalxonada davolanayotgan 96 ming nafar bemorning ma’lumotlari tahlil qilingan. Shundan 14 888 nafari gidroksixloroxin yoki xloroxin dorisini, antibiotiklar bilan yoki ularsiz qabul qilgan, 81 144 kishiga esa ushbu dorilar berilmagan va ular alohida nazorat guruhiga olingan.

Tahlillar natijasi bo‘yicha nazorat guruhida o‘lim ko‘rsatkichi 9,3 foizni, dorilarni qabul qilgan guruhda esa 16 foizdan 23,8 foizgacha bo‘lgan oraliqni tashkil qilgan. Bemorlarning aksar qismi yurak-qon tomir tizimidagi muammolar, jumladan, aritmiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

19-mayda AQSh prezidenti Donald Tramp gidroksixloroxinni koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika qilish uchun ichayotganini ma’lum qilgan. Tramp Oq uydagi shifokor uning ushbu preparatni qabul qilishiga qarshi bo‘lmaganini qayd etgan.

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar nazorati boshqarmasi gidroksixloroxinni faqat kasalxona sharoitida qo‘llashni tavsiya qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda