Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ning xloroxin dori vositasi bilan davolash mumkinligi haqida savollarga javob qaytardi.

Habibulla Oqilov

Habibulla Oqilov
Foto: “Daryo”

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda bezgakka qarshi xloroxin preparatidan foydalanilayotgani xabar qilingan, savolda ushbu dori vositasida xorijdagi bemorlarda salbiy holatlar, jumladan, o‘lim kuzatilayotgani haqida berilgandi.

“Gidroksoxloroxin (xloroxin) ko‘plab davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda ijobiy natijalar ko‘rsatdi. Ushbu preparatni qabul qilgan bemorda virus ta’siri kamayadi va yoki butunlay yo‘qoladi. Dorining ta’sirini yanada kuchaytirish uchun u bilan birga azitromitsin antibiotiki ham qo‘llanilmoqda. Bu haqda xitoylik va koreyalik shifokorlar ma’lum qilgan. Xloroxindan uzoq vaqt davomida foydalanilganda bemorda yurak aritmiyasi kuzatilishi mumkin, shuning uchun ham xloroxin bilan bog‘liq barcha davolash choralari elektrokardiogramma monitoring va kardiolog maslahatlari asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 8 nafar bemorning hech birida yurak aritmiyasi kuzatilmagan”, – deydi Oqilov.

Shuningdek, u xloroxin preparati bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan vaqtlardagina ishlatilayotganini ham ta’kidladi.

“Preparat aritmiyasi bor bemorlar, yurak qon-tomir kasalliklariga chalingan odamlar, homilador ayollar, bolalar va 65 yoshdan katta kishilarni davolashda ishlatilmayapti. Butun dunyo tibbiyoti ushbu infeksiya bilan ilk bora to‘qnash keldi, shu sababli turli preparatlarning aniq davolashda qo‘llash haqida gapirishga hali erta deb hisoblayman”, – degan Habibulla Oqilov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Birjaning bug‘doy va un bozorlarida vaziyat qanday?
Mahalliy
“Bu rivojlanayotgan mamlakat uchun tabiiy hol” — Sherzod Muhamedov O‘zbekiston budjeti nega taqchillik bilan ijro etilayotganiga izoh berdi
Dunyo
“Bunday reaksiya Rossiya rejalariga ta’sir o‘tkaza olmaydi”. Kreml G‘arb sanksiyalariga qaramay, Belarusda yadro quroli joylashtirilishini bildirdi