Yer sayyorasi uzra astronomlar “asr kometasi” deb ataydigan ulkan kometa uchib o‘tmoqda. Bu haqda astronom Kon Stoitsis o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Twitter / Vivstoitsis

Yaqinda ochilgan SWAN (C/2020 F8) kometasini osmonda hech qanday qurilmalarsiz, oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.

Ta’kidlanishicha, kosmik jism 2020-yilning 27-may sanasida o‘zining maksimal yorug‘ligiga yetadi (+3 yulduz o‘lchovi). O‘sha vaqtda SWAN Quyoshga 64,4 million kilometr masofaga qadar yaqinlashadi.

Hozirgi vaqtda kometa Janubiy yarim shardan yaxshi ko‘rinmoqda.

Foto: Twitter / Vivstoitsis

Yaqinda uni Shimoliy yarim sharda joylashgan davlatlardan turib ham kuzatish mumkin bo‘ladi. 20—21-may kunlari kometa Persey yulduzlar turkumidagi Algol yulduziga, 22-may kuni esa Delta Persey va Mirfakka yaqinlashadi.