Rossiyada 19-may holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bo‘yicha 9 263 ta holat qayd etildi. Bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan 337 kishiga ko‘pdir.

Foto: AA

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 299 941 kishi koronavirusga chalindi.

So‘nggi sutkada kasallanganlarning eng ko‘pi Moskva (3545  nafar), Moskva viloyati (898 nafar), Sankt-Peterburg (453) shaharlarida aniqlangan.

Shuningdek, sutka davomida 115 nafar bemor, umumiy hisobda esa 2 837 nafar bemor vafot etgan. Virusga chalinganlarning 5 921 nafari tuzalib, sog‘ayganlar soni 76 130 nafarga yetdi.