Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda o‘tishi lozim bo‘lgan yakuniy imtihonlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Telegram’dagi kanalida ma’lum qilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”
Karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda ‘kundalik.com’ tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida ‘onlayn-maktab’ orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Sherzod Shermatov, xalq ta’limi vaziri

30-aprelda Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)