O‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan bir necha talqinda ijro etilgan “Ramazon keldi” qo‘shig‘i imo-ishora tiliga tarjima qilindi. Bu haqda aktrisa Ra’no Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qo‘shiqni nafaqat imo-ishora tili mutaxassislari, balki taniqli aktrisalar — Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova ham ijro etgan.
“‘Ramazon’ qo‘shig‘ini ijro etgan yurtimiz e’zozidagi san’atkorlarimizdan ilhomlangan holda, qo‘shiqni eshitish va nutqida nuqsoni bor insonlarimiz uchun imo-ishora tiliga tarjima qildik. ‘Mehrli qo‘llar’ jamoasi butun musulmonlarni oylarning sultoni Ramazoni sharif bilan tabriklagan holda ushbu videoni sizlarga Ramazon oyi sovg‘asi sifatida tuhfa etmoqchimiz”, — deydi Ra’no Shodiyeva.
https://www.instagram.com/p/B_0SRAAphws/
Ma’lumot uchun, “Mehrli qo‘llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi hisoblanib, unga aktrisa Ra’no Shodiyeva rahbarlik qiladi.
Izoh (0)