Ko‘cha suratlari rassomi Benksi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga yangi kartinasini joylashtirdi. U Angliyaning Hempshir grafligidagi Sautgempton shifoxonasida paydo bo‘lgan, deb yozadi BBC News.

Foto: Instagram/Banksy

O‘lchami bir kvadrat metrga teng moxonrom polotnoda kombinezon va futbolka kiygan bolakay O‘rgimchak odam va Betmen o‘yinchoqlari yotgan idish yonida o‘tiribdi. Bolakayning qo‘lida hamshira ko‘rinishidagi o‘yinchoq bo‘lib, u xuddi Supermen kabi qo‘llarini yuqoriga ko‘tarmoqda. Hamshiraning kostyumida qizil xoch tasvirlangan — bu kartinadagi yagona rangli detal.

Foto: Instagram/Banksy

Rassom shifoxona xodimlariga xat qoldirgan: “Qilayotgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Umid qilamanki, bu faqatgina oq-qora rangda bo‘lsa ham, bu joyni biroz ruhlantiradi”.

Kartina kuzga qadar shifoxonada osig‘liq turadi, shundan so‘ng u auksion orqali sotilib, pullar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevralida Benksi chizgan surat Sotheby’s auksionida bir million funtga sotilishi bilan o‘zini o‘zi yo‘q qilgan edi.