Ko‘cha suratlari rassomi Benksi o‘z Instagram’ida karantinga bag‘ishlangan yangi suratlarini e’lon qildi, deb yozadi Meduza. Suratlarda rassomning  cho‘milish xonasida tartibsizlik keltirib chiqargan kamida to‘qqizta kalamush aks etgan.

“Uydan ishlashimni xotinim yomon ko‘radi”, — deb yozadi Benksi. Rassom Instagram’dagi sahifasiga oxirgi marta fevral oyi o‘rtalarida surat joylagan edi.

Barcha britaniyaliklar singari Benksi ham uyda karantinda o‘tiribdi. Mamlakat aholisiga 23-martdan boshlab, faqat o‘ta zarur hollarda, ya’ni oziq-ovqat do‘koni, dorixona va shifokorga borish uchun ko‘chaga chiqishga ruxsat berilgan.

Foto: Instagram / @banksy

Foto: Instagram / @banksy

Foto: Instagram / @banksy

Foto: Instagram / @banksy

Foto: Instagram / @banksy