2016-yilda vafot etgani ma’lum qilingan “Shalke-04” sobiq futbolchisi Xiannik Kambaning tirik ekani ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Bild.
Ta’kidlanishicha, Kamba 2016-yilda Kongoda sodir bo‘lgan avtohalokatda vafot etgani rasman tasdiqlangandi. Biroq bu ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqdi, sobiq futbolchi Gelzenkirxen shahridan tirik holda topilgan. Hozirda 33 yoshli Kamba energetika kompaniyalarining birida kimyogar sifatida ishlamoqda.
Prokuratura futbolchining sobiq rafiqasiga nisbatan tergov ishi qo‘zg‘agan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘lgani haqidagi hujjatlarni taqdim etgan va buning evaziga sug‘urta kompaniyasidan katta miqdorda tovon puli olgan. Mazkur hujjatlar soxtalashtirilgani taxmin qilinmoqda.
Kamba “Shalke-04” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003—2007-yillar mobaynida klubning yoshlar jamoasida to‘p surgan. Shundan keyin u Germaniyaning quyi divizion jamoalariga o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!