O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 40 foizi binolarni isitish va yoritishga sarflanadi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Qayd etishlaricha, bu jarayonda isrofgarchilik ham ko‘p. Masalan, 1 kvadrat metr maydonni isitish uchun O‘zbekistonda o‘rtacha 400 kilovatt-soat, iqlim sharoiti bizga yaqin rivojlangan davlatlarda esa 170 kilovatt-soat energiya ishlatiladi.
Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarni loyihalash va qurishda energiya tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash, ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini oshirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.