Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-may, dushanba kuni, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda ming dollarlik yalpi ichki mahsulot yaratish uchun rivojlangan davlatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p energiya sarflanadi. Shu bois yig‘ilishda yaqin yillarda energiya sarfini 2-2,5 barobarga qisqartirish masalalari muhokama qilingan.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda elektr energiyasi hamda tabiiy gaz sarfini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada keng joriy etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.
“Karantin sababli yoqilg‘i-energetika korxonalarida mablag‘ tanqisligi vujudga kelishini inobatga olib, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aylanma mablag‘larini ko‘paytirish chora-tadbirlari belgilandi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Izoh (0)