Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQShning Florida shtatida bo‘lib o‘tadigan UFC haftaligidan o‘rin olgan 16-may kungi UFC Fight Night musobaqasi ishtirokchilari ro‘yxati e’lon qilindi.

Jeksonvil shahri mezbonligida o‘tadigan jang kechasining asosiy to‘qnashuvi Alistar Overim va Uolt Harris o‘rtasida kechadi. Shuningdek, musobaqada Song Yadong, Edson Barboza kabi yakkakurashchilar ham jang qiladi.

Musobaqa kardi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Alistar Overim — Uolt Harris

Klaudiya Gadelxa — Anjela Hill

Den Ige — Edson Barboza

Erik Anders — Kshishtof Yotko

Song Yadong — Marlon Vera

Entoni Ernandes — Kevin Holland

Mayk Devis — Giga Chikadze

Kortni Keysi — Mara Romero Borella

Darren Elkins — Neyt Landver.

Eslatib o‘tamiz, Floridada 9-maydan 16-mayga qadar UFC haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda uchta musobaqa o‘tkazish belgilangan. Avvalroq 13-may kungi UFC Fight Night musobaqasi ishtirokchilari ma’lum bo‘lgandi.

9-may kuni UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

https://www.instagram.com/p/B_qROagHrGM/

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi