Sardoba suv ombori dambasida suv sizib chiqishi oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo tumanida ham evakuatsiya qilingan aholini kutib olish uchun zaruriy choralar ko‘rildi.

Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati

Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni damda tumandagi “Dehqonobod”, “Baxmal”, “Tinchlik”, “Xazina”, “Ishonch”, “Tadbirkor”, “Orzu”, “Ahillik”, “Turkiston” MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga o‘z uylaridan boshpana ajratmoqda.

Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, tumandagi 525 harbiy qismda 500 o‘rinli, Baxt shahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 o‘rinli yotoq joylari tayyorlanib, evakuatsiya qilinayotgan aholini joylash rejalashtirilgan.

Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.