Sardoba tumanida suv ombori devori buzilishi oqibatida ro‘y bergan suv toshqini tufayli viloyatning Mirzaobod tumanidan 2 mingdan ortiq kishi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vaqtinchalik evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, GulDUning Yangiyer shahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer Futbol akademiyasi binosiga joylashtirilgan.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

“Qayd etish joizki, mana shunday sharoitda bir qancha tadbirkorlar, saxovatpesha insonlar va homiylar tomonidan evakuatsiya qilingan fuqarolarga zaruriy oziq-ovqatlar, ichimlik suvi, niqob, antiseptik vosita, bir martalik qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot vositalari yetkazib berilmoqda. Shuningdek, Guliston tuman hokimligi tomonidan ham oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirildi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, Xovos tuman hokimligi ham evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilayotganini ma’lum qilgan. Ular sardobalik aholini tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda tuman markazidagi barcha umumta’lim maktablariga joylashtirmoqda.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Xovos tuman hokimligi matbuot xizmati

Foto: Xovos tuman hokimligi matbuot xizmati

Ayni damda 3300 nafar aholi uchun joylar tayyorlangan bo‘lib, ularni doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Foto: Xovos tuman hokimligi matbuot xizmati

Foto: Xovos tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Xovos tumani hokimligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Shavkat Mirziyoyev yetib borgan. Prezident mahalliy jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, suhbatlashgan.