Apple foydalanuvchi iPhone’dan tibbiy niqob taqqan holda foydalanganda blokdan chiqarish tizimini soddalashtirdi, deb yozadi MacRumors.

Foto: Twitter

Yangilanish 29-aprelda chiqqan iOS 13.5 beta-versiyasida paydo bo‘ldi.

Gadjet egasi niqobda qurilmani blokdan chiqarishga uringanida, tizim darhol raqamli paroldan foydalangan holda blokdan chiqarish imkonini beradi.

Yangi funksiya Face ID mavjud bo‘lgan barcha Apple smartfonlarida ishlay boshladi.