Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 4 785 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, so‘nggi sutka davomida kasallikdan 40 kishi vafot etgan 3 057 nafari tuzalgan. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon kasallanganlarning umumiy soni 36 793 kishiga yetdi, 313 nafar bemor vafot etdi, 3 057 nafari tuzaldi.

Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq kunlik yangi holatlar soni oshib bormoqda. Xususan, 11-aprel 1667 ta, 12-aprel 2186 ta, 13-aprel 2558 ta, 14-aprel 2774 ta, 15-aprel kuni 3388 ta, 16-aprel kuni 3448 ta, 17-aprel kuni 4070 taga oshgan.

Koronavirus mamlakatning 84 ta hududida aniqlangan. Koronavirus qayd etilmagan yagona hudud Oltoy Respublikasi bo‘lib qolmoqda. Putin, Rossiyada koronavirus epidemiyasi hali o‘z cho‘qqisiga yetmaganini ma’lum qilgandi. Rossiya bosh vaziri COVID-19’ni davolashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat bergan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1450 kishiga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi