FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionatini Qatarning o‘rniga qabul qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tdi.
“AQSh 2026-yilgi musobaqa bilan birga bu chempionatni ham o‘tkaza oladi. Ular bunga qodir, bu raketa yasash emas. Yaponiya ham musobaqani qabul qilishi mumkin. Ular JCh—2022 mezbonligiga da’vogar bo‘lgandi.
Baxtga qarshi 2022-yilgi Jahon Chempionatida 32 ta jamoa ishtirok etadi, FIFA prezidenti Janni Infanttino xohlagandek 48 ta emas. Tashkilotchilik JCh—2018 dagidan yuqori bo‘lmaydi”, — deydi Blatter.
Avvalroq AQSh yustitsiya vazirligi FIFAni Rossiya va Qatarni mezbon sifatida tanlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblagandi.
2022-yilgi Jahon Chempionati 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)