“Qizaloq va maymoq” multserialining yangi qismida qahramonlar gigiyena qoidalari hamda uydan chiqish mumkin bo‘lmasa, nima bilan shug‘ullanish mumkinligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: YouTube

“Uyda nima bilan shug‘ullanish mumkin?” deb nomlangan multfilm 11-aprel kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Unda multfilmning eng ommabop sahnalari to‘plangan.

Multfilm ijodkorlari qahramonlarni izolyatsiyaga jo‘natib, “All in the Family” (“Hamma uydaligida”) seriali ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.