Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 802 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: KNews.kg

10-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra, yana 21 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan: Shimoliy-Qozog‘iston va Mang‘istov viloyatlarida — ikki kishidan, Qizilo‘rda, Qarag‘anda va Chimkent viloyatlarida — to‘rt kishidan, Atirau — uch, O‘qmo‘la viloyatida va Nur-Sultonda — bir kishidan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning chorak qismidan ortig‘i — 226 nafari Nur-Sulton shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, bugun, 10-aprel kuni mamlakatda yana bir bemor koronavirus oqibatida vafot etgan. 1956-yilda tug‘ilgan bemor Qozog‘istonda hisob bo‘yicha koronavirus qurbonlarining to‘qqizinchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus oqibatida birinchi o‘lim holati Oqmo‘la viloyatida qayd etilgan. 26-mart kuni Nur-Sultonda 64 yoshli ayol, 31-mart kuni 50 yoshli erkak, 1-aprel kuni Qarag‘andada 62 yoshli erkak. 4-aprel kuni Turkiston va Oqmo‘la viloyatlarida ikki kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. 5-aprel kuni Chimkentda bir bemor vafot etgan bo‘lsa, 8-aprel kuni Oqmo‘lada yana bir o‘lim holati qayd etilgan. 9-aprel kuni Pavlodarda ham bir bemor koronavirus oqibatida vafot etgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 624 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 38 kishi kasallikdan sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, shu bilan birga uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.