Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etildi. Natijada butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 500 kishiga yetgan, deb xabar beradi Tengrinews.
“4-aprel soat 09:15 holatiga ko‘ra Qozog‘istonda yana 36 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ularning 16 nafari Olmaotadan, Atirau viloyatida — 2, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida — 7, Jambil viloyatida — 1, Chimkentda — 1, Turkiston viloyatida — 4, Mang‘istov viloyatida — 1, Qarag‘anda viloyatida — 4 nafar”, — deyiladi davlat komissiyasining tezkor shtabi xabarida.
Turkiston viloyatida bir bemor koronavirus oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab virus bilan kasallanganlar soni 500 kishiga yetgan.
Mavzuga doir: