Angliyaning Sky Sports nashri futbolchilarning statistik ko‘rsatkichlariga tayanib Premyer Liga ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Foto: Sky Sports

Nashr Power Rankings tizimi asosida har bir futbolchining reytingini hisoblab chiqqan. Unda 34 xil statistik ko‘rsatkich hisobga olingan — boshdan tortib, samarali uzatma va to‘pni olib qo‘yishgacha. Masalan, har bir gol yoki g‘alabali uchrashuv o‘yinchiga ochko qo‘shadi, to‘pni yo‘qotish yoki penaltidan foydalana olmaslik esa aksincha — ochko yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Bu uslub har bir chiziqda eng yaxshilarni aniqlash imkoniyatni yaratdi.

Foto: Sky Sports

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Kasper Shmeyxel (“Lester”);

Himoyachilar: Trent-Aleksandr Arnold (“Liverpul”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Jeyms Tarkovski (“Byornli”), Endryu Robertson (“Liverpul”);

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jeyms Meddison (“Lester”), Jek Grilish (“Aston Villa”);

Hujumchilar: Sadio Mane, Muhammad Saloh (ikkisi — “Liverpul”), Raul Ximenes (“Vulverhempton”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!