Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Parma” klubi himoyachisi Brunu Alvesh havodagi yakkakurashlarda yetakchilik qilayotgani borasidagi ma’lumotga sharh berar ekan, bu borada vatandoshi Krishtianu Ronalduga ham imkoniyat qoldirmasligini aytib o‘tdi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

“Men bir necha bor Ronalduga qarshi qarshi o‘ynadim, biroq u hech qaysi bahsda havoda mendan ustun kelmadi. U tezkor va texnik tomondan kuchli bo‘lishi mumkin, ammo havoda — shubham bor”, — deya yozadi Alvesh Instagram sahifasida.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Alvesh joriy mavsum Yevropa top-5 ligalarida havodagi yakkakurashlarda yutib chiqish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda:

  1. Brunu Alvesh (“Parma”) — 78,4%
  2. Virjil van Deyk (“Liverpul”) — 74,9%
  3. Grant Henli (“Norvich”) — 70,1%
  4. Franchesko Acherbi (“Latsio”) — 70,1%
  5. Jeyms Tarkovski (“Byornli”) — 69,6%

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
Pentagon AQSH va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro boshlanishi ehtimolini baholadi