• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oksana Chusovitina Toshkentdagi jamoaviy karantin va Tokio Olimpiadasining qoldirilgani haqida

    Sport gimnastikasi bo‘yicha yetti karra Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Oksana Chusovitina Toshkentdagi karantin, Tokio Olimpiadasining qoldirilgani va boshqa bir qator savollarga javob qaytardi, deb yozadi “RIA Novosti”.

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Foto: MOQ matbuot xizmati

    — O‘zbekistonda karantin rejimi qanday?

    — Toshkentga kirish va shahardan chiqish cheklangan, bizning federatsiya barchani bir joyga to‘plashga qaror qildi. Omadimiz bor ekan, zal va mehmonxona bir joyda. Barcha terma jamoalar — sport va badiiy gimnastikachilar hech qayerga chiqmagan holda yashayapti va shug‘ullanmoqda. Bu yerga hech kim kiritilmayapti va hech kim chiqarilmayapti.

    — Muloqotsiz qiyin emasmi? Ayniqsa sevimli Toshkentda?

    — Qiyin, biroq vaziyat shunaqa. Bunga rioya qilish kerakmi, demak rioya qilamiz. Biz ikki yarim haftadan buyon shunday yashayapmiz. Men telefon va Skype orqali bog‘lanib turibman. Onam, singlim va turmush o‘rtog‘im bilan ko‘rishib turibmiz. Faqat telefon orqali (kuladi). Aprel oyi oxirigacha shu yerda bo‘lishimizni aytishdi.

    — Bir tarafdan Olimpiada qoldirilgani ma’lum qilindi. Yana bir yil kutish uchun sizda kayfiyat va sabr yetarlimi?

    — Mendagi sabr ikki yilga ham yetadi. Agar ikki yil keyinga surilsa ham mashg‘ulotlarda davom etaman, nima qilib bo‘lmasin sakkizinchi Olimpiadamda qatnashaman! Kelajakka nazar solar ekansan, ikki yildan keyin Osiyo o‘yinlari, yana ikki yil o‘tib Parij Olimpiadasi (kuladi).

    — Olimpiadaning surilgani sizga plyusmi yoki minus?

    — Bu men uchun yaxshi bo‘ldi, chunki qiyin sakrash elementini tayyorlash uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi. Har doim plyus tomonini o‘ylayman, minusni emas.

    — Biroq raqiblaringizda ham qiyin elementlarni tayyorlash uchun vaqt bo‘ladi shunday emasmi?

    — Bilishimcha, raqiblarimning barchasi mashg‘ulot zallari yopiqligi sabab bekorchi bo‘lib qolgan. Bizning federatsiya esa shug‘ullanishimiz uchun shunday sharoit yaratib berdi (kuladi).

    — Undaylar bor, to‘g‘risi, Simona Baylsning uyi orqasida zal mavjud.

    — Simona haqida gapirmasa ham bo‘ladi! U, menimcha, mashg‘ulotlarsiz ham istalgan vazifani uddalaydi. Bu tanaffus unga aniq foyda keltiradi. Bahonada ozgina dam oladi!

    — Rostini aytganda, hozirda kutish kimlarga bosim o‘tkazmoqda?

    — Demak, bunday. Masalan, Jahon kubogi orqali Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashishi kerak bo‘lgan qizlarga nisbatan, menga hozir ancha oson. Ular hozir saralash bahslari bo‘lish yoki bo‘lmasligini bilmaydi. Bu ular uchun ruhan va jismonan juda og‘ir. Kutish juda qiyin. Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqanlarga ancha oson. Hozir karantin, biroq menga bir yarim oylik mashg‘ulotlar yetarli. Yanada oson bo‘lgani, men ko‘pkurashda ishtirok etmayman va faqat bitta yo‘nalishda tayyorgarlik ko‘ryapman. Jamoaviy bahslarda ishtirok etadiganlarga esa juda qiyin bo‘ladi.

    — Xalqaro gimnastika federatsiyasi atletlar komissiyasi rahbari sifatida yuqoridagilar bilan bu mavzuda suhbatlashib turibsizmi?

    — Yo‘q, biz bilan hech narsani muhokama qilishmaydi. Kimlar bilandir muhokama qilish kerak bo‘lsa, u holda ular — Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vakillari. Biroq o‘ylashimcha, ular bilan ham ko‘p ham maslahat qilinmaydi. Bu global muammo va u boshqacha usulda yechiladi. Albatta, istalgan sportchi Olimpiada o‘z vaqtida bo‘lishini istaydi. Barcha shunga tayyorgarlik ko‘rgandi. Biroq vaziyat shunday bo‘ldiki va barchamiz bir xil holatda qoldik. Sabr qilamiz, kutamiz. Bu bizni o‘ldirmaydi, kuchli qiladi!

    — Odatda Olimpiadaga qadar bir qator xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tadi va unda amaliyot yetarlicha to‘planadi. Biroq shunday vaziyat bo‘lishi mumkinki, hech qanday musobaqasiz Olimpiadaga borishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu Olimpiya o‘yinlarini yanada qiziqarli qiladimi?

    — Menimcha, ha. Olimpiada oldidan hech qanday musobaqa bo‘lmasa, kim nimaga qodirligini ko‘rish juda qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman.

    — 1992-yilgi Olimpiada oldidan sizlarda ko‘plab musobaqalar bo‘lganmi?

    — Musobaqalar deyarli bo‘lmagan. Faqat Ittifoq chempionati o‘tkazilgandi.

    — Demak bu vaziyat siz uchun yangilik emas, shundaymi?

    — Ha, bunaqasi bir necha bor sodir bo‘lgan. 2005-yilda tizzamdan operatsiya bo‘lganimdan so‘ng yetti oy shug‘ullanmadim va Avstraliyadagi Jahon chempionatiga yo‘l oldim. U yerda ikkinchi o‘rinni oldim!

    — Sizning optimistik kayfiyatingiz barchaga ayon. Siz bilan hozirda karantinda bo‘lib turganlar qanday ahvolda?

    — Barchamizda kayfiyat a’lo darajada. Bu yerda karaoke bor, kuylayapmiz, kabob tayyorlayapmiz. Bizda hammasi yaxshi. Mehmonga kelinglar!

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    06.04.2020, 21:24   Izoh (0)   42271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xosep Gvardiolaning onasi koronavirusdan vafot etdi. U 82 yoshda edi

    06.04.2020, 19:49

    “UFC 249 musobaqasi o‘z vaqtida bo‘ladi” — UFC prezidenti

    06.04.2020, 18:25

    Qatar amiri qaror qildi: Mbappe yozda PSJdan ketmaydi

    06.04.2020, 17:26

    Koronavirusga chalingan “Reyms” klubi shifokori o‘z joniga qasd qildi

    06.04.2020, 15:04

    Radamel Falkao Xavi boshqarayotgan klubga o‘tishi mumkin. Uning yillik maoshi 10 mln yevroga teng

    06.04.2020, 14:28

    “Mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Ammo jang qayerda bo‘lishini bilmayman” — Habib Nurmagomedov

    06.04.2020, 13:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.