Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusni yuqtirgan amerikalik xonanda va aktrisa Pink kasallikning uch yoshli o‘g‘li Jeymsonda qanday kechgani haqida so‘zlab berdi. Onlayn-suhbatni yozuvchi Jennifer Pastiloff o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.

Foto: Instagram/@pink

Foto: Instagram/@pink

“Biz juda ham yomon kasal bo‘ldik. Ayrim kunlari kechasi bilan yig‘lab chiqdim, hayotimda hech qachon bunday ko‘p duo qilmagandim”, — deydi Pink.

U shuningdek, tuzalmaguncha, ya’ni uch hafta davomida kasallikning qanday kechayotgani haqida kundalik yuritgan.

“Haligacha uning tana harorati 37,7 darajadan tushmayapti”, — deydi xonanda.

Pinkning qo‘shimcha qilishicha, to‘rt oila a’zosidan faqat u va o‘g‘li virusni yuqtirib olgan.

“Birinchi marta hayotimizda hech kim qochib qutula olmaydigan bunday holat kuzatilmoqda. Bu butun dunyoda kuzatilmoqda. Hech qayerga yashirinib bo‘lmaydi”, — deydi Pink.

Efir davomida xonanda to‘liq sog‘ayganini ma’lum qilgan.

Pink’da koronavirus aniqlanganidan keyin uning oilasi ikki haftaga izolyatsiya qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi