Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya Premyer Ligasi klublari futbolchilarni maoshning 30 foizidan voz kechishga yoki to‘lov muddatini kechiktirishga intilmoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

The Telegraph nashrining xabar qilishicha, futbolchilarga APL klublari koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqoroz paytida 1,1137 milliard funt yo‘qotishi mumkinligi aytilgan.

Premyer Liga futbolchilar uchun moliyaviy yo‘qotishlar hisolab chiqilgan maxsus prezentatsiya tayyorlagan. Agar mavsum o‘ynalmay qolib ketsa, tashkilot translyatsiyalar sabab 762 million funt yo‘qotadi. Bunga qo‘shimcha 200 million o‘yin kunlaridagi daromad, yana 175 million homiylik shartnomalaridagi yo‘qotishlar.

APL klublari futbolchilarning vakillariga o‘yinchilar maoshi klub xarajatlarining yarmini tashkil etishini ma’lum qildi. Hisob kitoblarga ko‘ra maoshning 30 foizga qisqarishi yoki to‘lov muddatining kechiktirilishi 570 million funt tejab qolishni ta’minlaydi. Bu umumiy — 1,137 milliard yo‘qotishning deyarli yarmini qoplaydi.

Liga klublari vaziyat o‘nglangach odatiy to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga va’da bergan. Futbolchilar taklifni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim